Sayt sinov jarayonida. Xatolik bol`sa, matnni belgilab ctrl + enter tugmachasini bosing va xabar bering.
 

SMS orqali qidiruv


Ushbu interaktiv xizmat “On-line qidiruv” interaktiv xizmatining soddalashgan mobil shakli bo`lib, litsenziyalangan avtotransport vositalari davlat belgisi bo`yiha Agentlik ma`lumotlar bazasidan ma`lumot olish imkonini beradi. Buning uchun avtotransport vositasi davlat belgisining seriya va raqamlarini ketma-ket (bo`shliq qoldirmasdan) SMS ko`rinishda 5500 qisqa raqamiga yuboring. Sunda tizim ushbu avtotransport vositasini ma`lumotlar bazasidan topsa, unga berilgan litsenziya to`g`risidagi quyidagi namunadagi kabi ma`lumotlarni lahzalar ichida SMS ko`rinishida qaytarib jo`natadi:

Namuna: 10BE009, 21.04.2011-GPPM-15,"MADAD-TAXI" MCHJ, <07.04.2011,YT-110, Ibn Sino mavzesi - Oloy bozori bekati>

Bu erda:

— 10BE009 — avtotransport vositasining davlat belgisi;
— 21.04.2011 — litsenziya varaqasining amal qilish muddati;
— GPPM — faoliyati turi (qisqartmalar quyida beriladi);
— 15 — o`rindiqlar soni yoki yuk ko`tarish sig`imi;
— "MADAD-TAXI" MCHJ — avtotransport vositasi tegishli bo`lgan korxona nomi;
— 07.04.2011 — tender g`olibi guvohnomasining amal qilish muddati;
— YT-110 — yo`nalish raqami;
— Ibn Sino mavzesi — Oloy bozori bekati — yo`nalishning boshlang`ich va oxirgi nuqtasi.

Avtotransport faoliyati turlari qishqartmalari:

GPPA - Shahar ichida yo`lovchilarni tashish (avtobuslarda)
GPPM - Shahar ichida yo`lovchilarni tashish (mikroavtobusda)
GPPL - Shahar ichida yo`lovchilarni tashish (yengil avtomobillarda)
PPPA - Shahar atrofida yo`lovchilarni tashish (avtobuslarda)
PPPM - Shahar atrofida yo`lovchilarni tashish (mikroavtobusda)
PPPL - Shahar atrofida yo`lovchilarni tashish (yengil avtomobillarda)
MPPA - Shaxarlararo yo`lovchi tashish (avtobuslarda)
MPPM - Shaxarlararo yo`lovchi tashish (mikroavtobusda)
MPPL - Shaxarlararo yo`lovchi tashish (yengil avtomobillarda)
GPG - Shaharda yuklarni tashish
PPG - Shahar atrofida yuklarni tashish
MPG - Shaharlararo yuk tashish